Surxondaryo viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan xizmat ko’rsatish belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo’yildi.
Markaz xodimlari tomonidan Termiz shahrida joylashgan savdo ob’yekti peshlavhasida tadbirkor tomonidan “makro uz” xizmat ko’rsatish belgisidan ruxsatsiz hamda iste’molchini adashtirib yuborish darajasida foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Natijada Markaz xodimlari huquqbuzarlik uchun bayonnoma rasmiylashtirildi va xizmat ko’rsatish belgisi do’kon peshtoqidan olib tashlandi.
Avvalroq, Spot Intellektual mulk agentligi Makro supermarketlari bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi.