Amerikadagi “Forbes” nashri 25 yil davomida ilk marta AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni mamlakatning eng badavlat milliarderlari reytingiga qo‘shmadi, u koronavirus pandemiyasi tufayli boyligi kamaygani uchun ro‘yxatga kiritilmagan.
Yangi ro‘yxatni shakllantirishda “Forbes” AQSHning 45-chi prezidenti boyligini 2,5 milliard dollar deb baholagan.
Ro‘yxatga kirish uchun Trampga $400 mln yetmay qolgan.
2020 yilda sobiq prezident ro‘yxatning 339 o‘rnida qayd etilgandi.
Lekin pandemiya boshidan uning mablag‘i $600 millionga kamaygan va shunda u reytingda 64 pog‘onaga pastlagan.