AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) umumiy qiymati $19 mln ga teng boʻlgan yangi besh yillik loyiha boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar bermoqda.

USAID-ning Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda amalga oshiriladi. Yangi loyiha USAID-ning yillar mobaynida mintaqaviy savdo, korxonalarni rivojlantirish va mintaqaviy aloqalarni yaxshilashda erishilgan yutuqlariga asoslangan.

USAID-ning Markaziy Osiyoda Savdo dasturi uchta asosiy strategik maqsadga erishish uchun davlat va xususiy sektorga texnik yordam koʻrsatishi nazarda tutilgan:

  1. Dastur faoliyati moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, mintaqada iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida bojxona va chegara nazorati tartibini uygʻunlashtirishga yoʻnaltiriladi.
  2. Dastur rivojlanishni ragʻbatlantiruvchi va investitsiyalar oqimini taʼminlaydigan islohotlarni amalga oshirish uchun davlat va xususiy sektor orasidagi sheriklikni kuchaytiradi.
  3. Manfaatdor tomonlar bilan Markaziy Osiyo mintaqasida ham, undan tashqarida ham transchegaraviy savdo hajmini oshirish boʻyicha ishlar olib boriladi.

Maʼlumot uchun, USAID rivojlanish natijalarini erishishni tezlashtirish ustida ish olib boruvchi xalqaro taraqqiyot sohasidagi dunyodagi yetakchi agentlikdir.