Avvalroq Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti prognozlarini yaxshilagan edi. Endilikda Jahon banki ham Oʻzbekiston YAIM oʻsishi prognozini 4,8% dan 6,2% ga oshirdi.

Oʻsishga investitsiya, savdo va pul oʻtkazmalarining tiklanishi yordam beradi.

Taʼkidlanishicha, ijtimoiy yordamni kengaytirish, qishloq infratuzilmasini yaxshilash va emlash xarajatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat investitsiyalari 2021-yilda davlat xarajatlarini koʻpaytirishda davom etadi.

Ushbu xarajatlar soliq tushumlari va xususiylashtirish daromadlarining oʻsishi hisobiga qoplanadi.