Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanining yaxlit mulkiy majmua sifatida ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini va shu sababli dam olish maskanini 8 ta alohida lotlari bo‘yicha savdo jarayonlari to‘xtatilganini e’lon qiladi.
Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.
- talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
- talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021-yil 8-noyabr kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.
Alohida shartlar:
- Dam olish maskanidan kelgusida mehmonxona va/yoki boshqa turizm infratuzilmasini saqlab qolish va rivojlantirish;
- daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriyga rioya etish talabi qo‘yiladi;
- “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanining “IMPRO GmbH” LTD (Germaniya) oldidagi 573 568,47 yevro miqdoridagi qarzdorligini to‘lash (2022 yil 1 fevraldan boshlab grafik asosida);
- davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;
- talabgor davlat aktivini sotib olish to‘lovini bir oydan ko‘p muddatlarda (ko‘pi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi.
Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishmumkin.
Avvalroq Spot, dam olish maskani 8 lotga bo’lib savdoga qo’yilganligi haqida xabar bergan edi.