2021-yil 17-sentyabrda chiqarilgan Janubiy Koreyaning “Игра в кальмара” (rus tilida — tahr.) veb-seriali bir haftadan koʻproq vaqt mobaynida 80 dan ortiq mamlakatlarda Netflix-ning eng kop koʻrilgan filmlari qatorida turdi. Bu haqda “RBC” xabar bermoqda.
Eng koʻp tomosha qilingan davlatlar roʻyxatida Avstraliya, Braziliya, Kanada, Misr, Islandiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bor. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari roʻyxatda yoʻq.
Serial reytingi 7-oktyabr holatiga koʻra 823 ballni tashkil etdi. Uning eng yaqin taʼqibchisida 686 ball, uchinchi oʻrindagi filmda 513 ball bor.
“Игра в кальмара” seriali taxminan bir soat davom etadigan toʻqqiz qismdan iborat. Syujetning markazida moliyaviy muammolar tufayli maxfiy oʻyinda qatnashishga qaror qilgan bir guruh odamlar bor.
Rotten Tomatoes saytida “Игра в кальмара” 94% reyting bilan baholangan. Boshqa agregator Metacritic loyihaga beshta tanqidiy sharhlar asosida 100 balldan 78 ball berdi, bu “umuman olganda, natija ijobiy” degan maʼnoni anglatadi.