Respublika tovar-xomashyo birjasining hisobotida aytilishicha, 2021-yilning 9 oylik yakunlariga koʻra elektron davlat xaridlari boʻyicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi oʻtgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oshib, 6 755,7 mlrd soʻmga teng boʻldi.

Elektron tijoratning B2B modelini aks etuvchi koʻrgazma-yarmarka savdolarining hajmi joriy yil 9 oylik davrda 1 353,8 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 221,1 mlrd soʻmlik 105,6 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 1,7 barobarga, qiymati boʻyicha — 28,3% ga oʻsdi.

Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi — 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,1 mln soʻmga teng boʻldi.