2021-yilning 20 fevral kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir mobaynida soxta pulni muomalaga kiritish payida boʻlgan fuqarolar fosh etilgan edi.

Aniqlanishicha, Yangiqoʻrgʻon va Uychi tumanlarida yashovchi 3 nafar fuqarolar oldindan til biriktirib, qiymati $50 AQSh boʻlgan jami 141 dona qalbaki bank biletlarini oʻtkazish vaqtida ushlangan.

Sud mazkur jinoyat ishi boʻyicha daliliy ashyo tariqasida olingan qalbaki 141 dona $50 ni tegishli tartibda yoʻq qilishni belgiladi. 8-oktyabr kuni ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida tadbir tashkil etilib, qalbaki dollar tegishli tartibda yoqib yuborildi.

Avvalroq Spot Toshkentda 100 ming soʻmlik kupyuralarni qalbakilashtirish holati aniqlanganligi haqida yozgan edi.