“Вымпелком” kompaniyasi o’ziga tegishli bo’lgan “Билайн” brendini yangilashni reja qilmoqda. Bu haqda РБК nashri xabar berdi.
Xabarga ko’ra, namoyish 14- oktyabr kuni o’tkaziladi.
RBC muxbiri ushbu tadbirga taklifnoma oldi. Tovar belgisi quyuq fonda sariq rangda kichik harf bilan yozilgan, uning ostida shar shaklidagi sariq-qora logotipning bir qismi joylashgan, deb yozadi gazeta.
“Билайн” rebrendingdan tashqari, yangi tariflarni ishga tushirmoqchi va savdo kanallaridagi o’zgarishlarni e’lon qilmoqchi, deb xabar berdi manba tafsilotlarni ochiqlamagan holda. Kompaniya vakili holatga izoh berishdan bosh tortdi.