Yagona portalda “Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish xizmati” ishga tushirildi.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga koʻra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta soʻrovnomaga asosan kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma bir vaqtda berilishi yoʻlga qoʻyildi.
Avvalroq Spot Yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushganligi haqida yozgan edi.