ICE birjasida Brent rusumidagi bir barrel neftning dekabr fyuchersi uchun narxi $84 oshdi. Oxirgi marta 2018-yil oktyabrda $84 dan yuqoriroq boʻlgandi.

WTI rusumidagi neft narxi ham koʻtarilmoqda. Uning noyabr fyuchersi Nyu-York birjasida $81,3 ga yetdi. Qayd etilishicha, koʻmir va gaz narxining oshishi neftga boʻlgan talab oshishiga olib keldi va natijada neftning narxi koʻtarildi.

Shuningdek, OPeK+ aʼzolarining neft qazib olishni cheklash boʻyicha kelishuvi ham uning narxi oʻsishiga olib kelgan.

Avvalroq Spot Bloomberg jurnalisti Maykl Uinfrining energetikaga oid fikrlari haqida yozgan edi. Uningcha, energiya zaxiralarining qimmatlashuvi va koʻplab tovarlarning yetkazib berilishi bilan bogʻliq muammolar tufayli kelayotgan qish mavsumida butun dunyoda ogʻir inqiroz yuz berishi mumkin.