Xabaringiz bor, 10 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi qurilish sohasida vaqtincha ishlash uchun soddalashtirilgan tartibda Rossiyaga yuboriladi. Bu loyiha doirasida fuqarolarni Toshkentda tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish uchun Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimi tibbiy asbob-uskunalar bilan Oʻzbekistonga yetib keldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan maʼlum qilishlaricha, endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy koʻrik Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda oʻrnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida Oʻzbekistonda amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, 10 ming oʻzbekistonlikni qurilishda ishlash uchun Rossiyaga yuborish loyihasi doirasida nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanadi.