10-oktyabr kuni Telegram asoschisi Pavel Durov 37 yoshga toʻldi. Taniqli biznesmen shu kuni oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda Durovning 37 yoshga toʻlib, toʻplagan tajriba va xulosalari haqida qisqacha roʻyxat bor.
Spot ushbu postni oʻzbek tilida havola etadi:
37 yoshga toʻlganim munosabati bilan hayotda yetarlicha baholanmagan 3 ta va keragidan ortiq baho berib yuborgan 7 narsaning roʻyxatini tuzdim:
Yetarlicha baholanmagan 3 narsa
- Uyqu. Uyqu immunitetni, ijodkorlikni va ruhiy holatni yaxshilaydi.
- Tabiat. Tabiat — bu biz oʻzimizni yaxshi his qilish uchun yaratilgan biologik muhit.
- Yolgʻizlik. Yolgʻiz qolish ma’naviy va intellektual yutuqlar qilish erkinligini beradi.
Ortiqcha baholangan 7 narsa
- Katta shaharlar. Katta shaharlar ifloslanish, jinoyat va shovqin manbalaridir. Ularning resurslaridan foydalanish yaxshi, lekin ularning chegaralaridan tashqarida yashash tavsiya etiladi.
- Restoranlar. Restoranlar ovqatlanishning eng sekin va samarasiz usulini taklif qilishadi. Uyda pishirish sogʻlom ovqatlanish va ingredientlarni koʻproq nazorat qilish imkonini beradi.
- Issiq ob-havo. Quyoshli ob-havo nafaqat kayfiyatni yomonlashtirishi, balki saraton va tezroq qarish xavfini ham keltirib chiqarishi mumkin. Sovuq harorat, aksincha, ruhni, tanani va ongni mustahkamlaydi.
- Moda. Doimiy oʻzgaruvchan tendentsiyalarga mos kelish uchun cheksiz izlanish qimmat va keraksizdir. Qulay kiyimlarga e’tibor qaratish hayotni osonlashtiradi va muhim narsalar uchun joy boʻshatadi.
- Koʻchmas mulk. Koʻchmas mulkni sotib olish koʻpincha sizni cheklaydi va bu shubhali sarmoyadir. Ijara — turli joylarga koʻchish va nimanidir kashf qilish uchun koʻproq erkinlik beradi.
- Ijtimoiy tarmoqlar. Ijtimoiy tarmoqlardan chiqadigan ongimizni chalkashtirib yuboruvchi “chiqindilar"ning uzluksiz oqimi bizning baxtimiz va ijodimizni pasaytiradi. Ushbu internet xizmatlaridan uzilish — bu har qanday kunda qilishimiz mumkin boʻlgan eng yaxshi narsa.
- Mashhurlarning maslahatlari. Mashhur odamlar koʻpincha oʻz mutaxassisliklaridan tashqarida asossiz maslahatlar berishadi. Hayotdagi barcha muhim narsalar uchun aniq fan va haqiqiy mutaxassislarning fikriga tayanish yaxshidir.