O‘zbekistondan Rossiyadagi qurilish jarayonlariga 10 ming nafar mehnat migranti ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, nomzodlarni ishga jalb qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili va Rossiya qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari — ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ham aytilgan.

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mehnat mirgantlarini emlash uchun yangi turdagi “Sputnik Layt” (Sputnik Light) vaksinasining 12 ming dozasi yurtimizga olib kelindi.

“Sputnik Layt” bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.

Ushbu vaksina bilan faqat yurtimizdan yuborilishi mo‘ljallangan 10 ming nafar quruvchi migrantlar emlanadi. Vaksinatsiya jarayoni rossiyalik tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Emlash jarayonlari tez orada boshlanishi kutilmoqda.