Davlat statistika qo‘mitasining iste’mol narxlari kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida sement narxlari avgust oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4% ga arzonlashgan.
Sement narxlari sentyabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 2,4% ga tushgan.
Sement importi 555 ming tonnaga oshgan.
Ma’lumot uchun, Prezident qaroriga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasi 20% dan 15% gacha pasaytirilishi haqida xabarberilgan edi.
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 soʻm miqdorda belgilanadi.