To‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan “CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION” MCHJ tomonidan “A-pay” elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish hamda “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqildi.
“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari"ga ko‘ra, joriy yilning 30 sentyabr kuni “A-pay” elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi va elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi.
Avvalroq Spot, “InterpaySys” MCHJ tomonidan “Interpay” elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etilishi haqida xabar bergan edi. Emitent esa o’zgargan emas.