Apple global chip yetishmasligi tufayli iPhone 13 ishlab chiqarishni qisqartiradi,deya xabar bermoqda Bloomberg nashri.
Kompaniya ishlab chiqarishni 10 millionga kamaytiradi.
Apple 2021-yilning oxirgi uch oyida 90 million yangi iPhone modellarini chiqarishni rejalashtirgan edi.
Nashrning yozishicha, Broadcom va Texas Instruments (TI) chip yetkazib berishga dosh berolmayapti. Apple, shuningdek, boshqa komponentlar tanqisligiga duch kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Apple bu turdagi smartfonlar taqdimotini sentyabr oyida o’tkazgan edi.
Navbatdagi namoyish 18-oktyabrda ARM- protsessorlariga ega Apple Silicon Mac seriyasi bo’lishi kutilmoqda.