AQShning General Motors kompaniyasi Chevrolet Bolt elektromobillarining nosozlik tufayli katta koʻlamli qaytarib olinishi boʻyicha LG Electronics bilan kelishuvga erishdi.

Ushbu kelishuv doirasida Janubiy Koreya kompaniyasi GM-ning mashinalar qaytarilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarini deyarli toʻliq qoplab beradi.

2020-yil noyabridan boshlab GM kompaniyasi oʻzining Chevrolet Bolt elektromobillarini ularda qoʻllangan batareyalar yonib ketishi xavfi sababli bir necha marta ortga qaytarib olgan. Kompaniyaning bundagi xarajatlari $2 mlrd ni tashkil qilgan.

Chevrolet Bolt-ga batareyalarni LG yetkazib beradi. Shu sababli koreys kompaniyasi GM-ga $1,9 mlrd kompensatsiya toʻlab berishga rozi boʻlgan.