“Chotqol” dam olish hududi auksionga qoʻyildi. Lager 9,1 gektar maydonda joylashgan boʻlib, bino va inshootlarning umumiy maydoni 2074 kvadrat metrni tashkil etadi Suv va elektr bor, biroq gaz yoʻq.
Dam olish maskani 1988-yilda ochilgan va hozirda oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Yangi mulkdor 2 yil ichida 3 yulduzli xizmat koʻrsatadigan, kamida 200 oʻrinli sayyohlar uchun uch qavatli mehmonxona qurishni oʻz zimmasiga olishi kerak.
Lotning boshlangʻich narxi 12,19 mlrd soʻm. Arizalar 10-noyabrgacha qabul qilinadi, savdolar 12-noyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Chotqol — 2020-yil sentyabr oyida Toshkent viloyati sotuvga qoʻygan 26 ta dam olish maskanidan biri hisoblanadi. Shu yilning 1-avgustida prezident farmoni bilan Chotqolni boshqa bir qator aktivlar bilan birga xususiylashtirish tasdiqlandi.