**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.
“Anor Bank”
Ish majburiyatlari:
- mijozlarga to’liq masofaviy xizmat ko’rsatish (ro'yxatdan o’tish, hisob ochish, kredit berish va hk);
- bank to’lov kartalari egalariga axborot yordamini ko’rsatish;
- mijozlarga zamonaviy aloqa kanallari (ovozli va matnli kanallar — telegram, whatsapp, viber, apple business chat) yordamida bank mahsulotlari va xizmatlari to’g’risida maslahat berish;
- ziddiyatli va muvaffaqiyatsiz vaziyatlarni hal qilish;
- zamonaviy bank tizimlarida ishlash;
- mijozlar haqidagi ma’lumotlarni Bank ma’lumotlar bazasiga kiritish.
Oylik maosh 3,4 mln so’mdan boshlanadi. Qo’shimcha tarzda bonus va ijtimoiy to’lovlar mavjud.
Boshqa vakansiyalar haqida quyidagi havola orqali bilib oling.
“Davr Bank”
Ish tajribasi talab etilmaydi. Ish amaliyot tarzida bankda faoliyat ko’rsatishni istaganlar uchun taqdim etilmoqda. To’lov miqdori 2 mlndan 5 mlngacha.
Nomzod TDYU talabasi bo’lishi va rus tilini bilishi talab etiladi. Barcha shartlar suhbat davomida aniqlashtirib olinadi.
Boshqa vakansiyalar haqida.
“O'zmilliybank”
Ish majburiyatlari:
- Boshqarmaning barcha faoliyat sohasidagi ishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish, axborot va xulosalar tayyorlashda ishtirok etish;
- Iqtisodiyotning mikro va makroiqtisodiy omillarining ta’sirini hisobga olgan holda bank tavakkalchiliklarini aniqlash va turli manbalardan ma’lumotlarni olish;
- Iqtisodiyot tarmoqlari kontekstida bank ishi tavakkalchiliklari va tashqi hodisalar ta’siri to’g’risida tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.
Ish haqi subhat jarayonida belgilanadi, Ish tajribasi 3 yildan 6 yilgacha bo’lishi talab etiladi.
Boshqa bo’sh ish o’rinlari haqida bilish quyidagi havola orqali.