DSQ ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda 2021-yilda 9 ta xorijiy kompaniya QQS to‘lovchi sifatidaro‘yxatga olingan.

Bular — Vaskiani Ventures Limited (Kipr), Google Cloud EMEA Limited (Irlandiya), Spotify AB (Shvetsiya), ADOBE (Irlandiya), DELSE, Inc. (AQSh), Scribd, Inc. (AQSh), LinkedIn Ireland Unlimited Company (Irlandiya), Google LLC (AQSh) va Microsoft Ireland Operations Limited (Irlandiya).

Mamlakatda 2 yilda doimiy vakolatxonasiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga elektron xizmat ko‘rsatuvchi 28 ta xorijiy kompaniya soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Booking.com B.V., Netflix International B.V., Apple, Facebook, Yandex, Huawei va boshqalar shular jumlasidan.

Joriy yilning 9 oyida Facebook 7,6 mlrd so‘m, GOOGLE COMMERCE LIMITED — 4,6 mlrd so‘m, APPLE — 2,2 mlrd so‘m, NETFLIX — 331 mln so‘m va Yandex — 256 mln so‘m soliq to‘ladi.