Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining maʼlum qilishicha, kelib tushgan 21 mingga yaqin ariza, shikoyat va taklifning 51 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlariga toʻgʻri kelsa, 22 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 15 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 11 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.

Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 79 foizi qanoatlantirilgan, 18 foiziga tegishli tushuntirish berilgan va 3 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan.

Oʻrganishlar davomida isteʼmolchilarga yetkazilgan zarar miqdori 136,9 mlrd soʻmni tashkil etishi aniqlangan. Bugungi kunga qadar isteʼmolchilar foydasiga 86,5 mlrd soʻm mablagʻ (aniqlangan mablagʻning 63,1 foizi) qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

Avvalroq Spot isteʼmolchilarni elektr tarmoqlariga ulash yagona portal orqali ham amalga oshirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.