Jahonda energiya taqchilligi metallar narxining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Mis narxi bir haftada $10 mingdan oshib, oxirgi 10 yillik eng yuqori darajaga ko’tarildi.

Sink (rux) narxi 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan keyin rekord darajaga ko’tarildi. Xalqaro gaz va ko’mir tanqisligi metallarning birja narxlarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi, deb yozadi Financial Times.

Rux tez sur’atlar bilan qimmatlashmoqda: juma kuni uning bozor qiymati 14 yil ichida maksimal darajaga ko’tarildi, deb yozadi FT.

Metalllar global energiya tanqisligi tufayli kuchli talab va taklifning uzilishi sharoitida qimmatlashmoqda, deb yozadi gazeta.