Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan.
Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan ob’ektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilangan.
Shunga ko‘ra,Davaktiv agentligi “Tashkent city” IBC hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish talablari, shuningdek xususiylashtirish shartlari va shakllari bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.
“Master plan"dagi obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha taklif etiladigan tartib va talablar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek ob’ektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.
Professional tashkilot “Master plan"ni ishlab chiqadi, u bo‘yicha barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi. Buyurtmachi ushbu e’lon bilan professional tashkilot va “Master plan"ga qo‘yiladigan dastlabki talablarni, shuningdek uning taklifining tuzilishini hamda tegishli tartibda baholanishini belgilaydi.
Takliflar 2021-yil 25-oktyabr soat 17:00gacha qabul qilinadi.
Batafsil quyidagi havola orqali.