Avvalroq Spot, O’zbekistonga Burger King kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

Manbalarning Spot’ga xabar berishicha, hozirga kelib tarmoq Toshkentda ochilishi kutilayotgan uchta joylashuv o’rnini taqdim etdi.

Bu — Bobur bog’ida, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasida va Chilonzor 25 — mavzeda bo’lishi kutilmoqda. Bu kompaniya vakansiyalari orqali ham o’z tasdig’ini topdi.

Burger King Uzbekistan — bu franshiza. Franchayzer esa — Moskva. Restoran xodimlarining (direktori va menejerlari) AUP uchun treninglari Moskvada boʻlib oʻtadi.

Burger King  — dunyodagi ikkinchi yirik “fastfud” tarmogʻi boʻlib, u gamburgerlarga ixtisoslashgan. Kompaniya 1954-yilda tashkil etilgan. Tarmoq restoranlariga har kuni 11 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi.