Bloomberg Koreya shousining bahosi haqida Neftlix-dan ichki hujjatlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ oqimi emas, balki kompaniyaning kutilayotgan bahosi hisoblanadi.
Streaming xizmatining standartlariga koʻra, “Kalmar oʻyini” taxminan $891 mln daromad keltirishi kerak. Toʻqqiz qismli serialning oʻzi kompaniyaga $21,4 mlnga tushdi, har bir serial uchun taxminan $2,3 mln sarflangan.
Netflix oshkor qilingan ushbu ichki hujjatlar haqida hech qanday izoh bermadi, lekin kompaniya advokati Bloomberg-ga murojaat qilib, agentlikning bu maʼlumotlarni eʼlon qilishi nooʻrin ekanligini taʼkidladi.
Ma’lumot uchun, “Kalmar oʻyini” Neftlix-ning eng koʻp koʻrilgan serialiga aylandi, u chiqarilganidan keyin bir oy ichida 111 mln marta tomosha qilindi.
Avvalroq Spot Netflix tarixi haqida maqola yozgan edi.