Ilon Mask o’zining SpaceX kosmik kompaniyasi tufayli trillionerga aylanishi mumkin, deb yozadi Forbes moliyaviy konglomerat Morgan Stanley tahlilchisi Adam Jonasning fikrlariga tayanib.
“Texnologik yutuqlar kosmik sanoat uchun investorlarning taxminlarini o’zgartirishi mumkin. Bir mijoz aytganidek, “Starshipdan oldin kosmos haqida gapirish Google’dan oldin Internet haqida gapirishga o’xshaydi”, — dedi Jonas.
Ba’zi Morgan Stanley mijozlarining aytishicha, agar Mask birinchi trillionerga aylansa, bu Tesla tufayli emas. Boshqalar uchun SpaceX nafaqat kosmik sohada, balki dunyodagi eng qimmat kompaniya bo’lishi mumkin.
Hozirda Maskning boyligi $241,4 mlrdga baholanmoqda, SpaceXning ulushi esa 17 foizdan kam emas.
Oktyabr oyi boshida SpaceX narxi $100 mlrddan oshdi va bu dunyodagi ikkinchi eng qimmat xususiy kompaniyasiga aylandi. Birinchi o’rinda Xitoyning ByteDance (TikTok) kompaniyasi turadi.