Facebook kelgusi haftada oʻz nomini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda The Verge.
Maʼlumotlarga koʻra, kompaniyaning yangi nomi qatʼiy sir ostida, hatto rahbariyatning hammasi ham bu nom qandayligidan xabardor emas.
Eslatib oʻtamiz, Facebook ijtimoiy tarmogʻi 2004-yilning fevralida 19 yashar amerikalik talaba Mark Sukerberg tomonidan yaratilgan. Shtab-kvartira Menlo-Park (Kaliforniya)da joylashgan.
Facebook kompaniyasiga shuningdek, Messenger, WhatsApp va Instagram ilovalari ham tegishlidir. Oʻz oʻrnida Sukerberg eng boy amerikaliklar roʻyxatida uchinchi qatorni egallaydi, sentyabr oyi boshida uning boyligi $134,5 mlrd ga baholangan.
Avvalroq Spot Facebook Oʻzbekistondagi eng yirik soliq toʻlovchi xorijiy kompaniya boʻlganligi haqida yozgan edi.