Hukumat qaroriga koʻra, 2022-yilning 1-mayigacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilindi.

  • banan, plantayn (yangi yoki quritilgan);
  • yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya;
  • yangi yoki quritilgan sitrus mevalar;
  • yangi papayya;
  • yangi olma, nok va behi;
  • kivi.

Shuningdek, qaror bilan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekistonga olib kirish, ularni sotish boʻyicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Xususan, loyihada goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda), soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni xorijdan Oʻzbekistonga olib kirishda va realizatsiya qilishda QQS boʻyicha imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston 7 oy ichida $1 millionlik qahva import qilganligi haqida yozgan edi.