Prezident qaroriga asosan, “Toshkent metropoliteni” tubdan oʻzgartiriladi. Xususan, joriy yilda 5 ta, 2022-yilda 14 ta toʻrt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi. Natijada poyezdlarning umumiy soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining oʻrtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi.
Zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) oʻrnatilishi hisobiga reklamalar soni 3−4 barobarga oshiriladi. Qarorga asosan yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat koʻrsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Shuningdek taʼkidlanishicha, “Toshkent metropoliteni"ni uzoq muddatli 2022−2030-yillarga moʻljallangan tizimli rivojlantirish imkoniyati paydo boʻlib, metropolitenning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, metro vagonlarini ishlab chiqarilishi, metro liniyalarini yangicha loyihalash va qurishda yangicha yondashuv natijasida sarf-xarajatlarni 20−30% ga kamaytirishga erishiladi.
Avvalroq Spot “Toshkent metropoliteni” “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga oʻtkazilishi, shuningdek, unda avtoturargohlar, oʻtish bogʻlamalari, mobil ilova va WiFi tashkil etilishi haqida yozgan edi.