Alibaba asoschisi Jek Ma hukumat bilan yuzaga kelgan mojarodan so’ng, birinchi marta Xitoydan tashqarida ish sayohatida ekanligi ma’lum bo’ldi.

Hozirdas tadbirkor Ispaniyada bo’lib, qishloq xo’jaligi va texnologiyalari bo’yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu xabarlar ortidan Alibaba kompaniyasi aksiyalari 8,8 foizga oshganligi qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliyatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi. Shanxayda bo’lib o’tgan konferensiyada Ma xalqaro qoidalar “qariyalar klubi” va “kelajakni tartibga solishning kechagi usullari” ekanligini ta’kidladi.

Uning fikriga ko’ra, dunyodagi ko’plab muammolar “rivojlanishni emas, balki faqat xavfni boshqarish” muhokamasidan paydo bo’ladi, yoshlar va rivojlanayotgan mamlakatlar haqida hattoki o’ylamaydilar.

Shundan so’ng, Alibaba sho’ba korxonasining rejalashtirilgan IPO-lari bekor qilindi va kompaniyaning o’ziga qarshi antimonopol tekshiruv ochildi.

Yil boshida Jek Ma ommaviy xayriya tadbirida chiqish berganligi haqida xabar berilgan edi.