Hozirgi kunda ortiqcha mablag’larni ko’paytirish vositalaridan biri bank depozitlari hisoblanadi.

O’zbekiston banklarida depozitlar asosan, AQSh dollari va milliy valyutada ochiladi va jamg’ariladi.

Spot bankda omonat ochishni rejalashtirayotganlar uchun foydali maqola tayyorladi. Buning uchun, dollar va milliy valyutadagi depozit solishtirildi.

Valyuta nomi
So’m
AQSh dollari
Omonatga qo’yish sanasi
01.10.2020
01.10.2020
Omonat tugash sanasi
01.10.2021
01.10.2021
O’rta yillik foiz stavkasi
21%
5%
Omonat summasi
1 032 121
100
Yillik foiz daromad
216 745.41 so’m
$5 yoki 53 459,55 so’m
Jami omonat summasi
$105 yoki 1 122 650.55 so’m
1 248 866,41 so’m

Valyuta kursi 01.10.2020 — 10 321,21 so’m

01.10.2021 — 10 691,91 so’m (370,7 so’m o’sish)

Bundan ko’rinib turibdiki, agar siz bir yil oldin oktyabr oyida omonat ochganingizda jamg’arma mablag’laringiz tegishli foizlarda yuqoridagi jadval asosida oshgan bo’lar edi.

AQSh dollari kursi oshishi hisobiga, $100 dan bir yil davomida 37 070 so’m foyda bo’lgan.

AQSh dollarida qo’yilgan omonat foydasiga nisbatan so’mda qo’yilgan omonat foydasi 2,3 barobar ko’proq.

** Quyidagi material faqatgina tanishturiv maqsadida tayyorlandi. Batafsil ma’lumot uchun Spot bankka murojaat qilishni tavsiya beradi.