“Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-5262-son, 20.10.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha, jumladan, quyidagi ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladi:
- sun’iy mo‘yna;
- zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
- sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
- shisha iplar;
- shisha tolali matolar va boshqalar.