AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp oʻz ijtimoiy tarmogʻini ishga tushirishini maʼlum qildi. Yangi tarmoq “TRUTH” (haqiqat) deb nomlanadi.
“Katta texnologik zoʻravonlarga qarshilik koʻrsatish uchun TRUTH va TMTG (Trump Media & Technology Group)ni tashkil etishga qaror qildim. Biz shunday zamonda yashayapmizki, „Tolibon“ bemalol Twitter-dan foydalanayotgan bir vaqtda bu tarmoq sevimli prezidentingizni bloklab qoʻyadi. Bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi” , — dedi AQShning 45-prezidenti.
Tramp AQSh prezidenti lavozimida ishlab turgan vaqtida Facebook va Twitter uning sahifasini bloklab qoʻygandi.
Yaqinda Donald Twitterdagi akkauntini qayta tiklashga majbur qilishlarini soʻrab federal sudga murojaat qilgandi. Sobiq prezident ochgan TRUTH ijtimoiy tarmogʻi 2022-yil birinchi kvartalda ishga tushishi kutilmoqda.
Avvalroq Spot Donald Tramp Amerikaning eng boy milliarderlari roʻyxatidan chiqarib tashlanganligi haqida yozgan edi.