2020-yil oktyabr oyidan beri Alibaba boshqa global kompaniyalarga qaraganda eng koʻp zarar koʻrdi. Hozirda kompaniyaning bozor kapitallashuvi $483 mlrd ni tashkil etadi, deya yozmoqda Bloomberg.

25-oktyabr holatiga koʻra, Nyu-York fond birjasidagi Alibaba-ning bir aksiyasi qiymati $177,7 ni tashkil qildi. Gonkong fond birjasida aksiyalar 174 Gonkong dollariga teng boʻldi.

Bozor qiymatini yoʻqotish boʻyicha oʻnta kompaniyaning sakkiztasi Xitoy kompaniyalariga toʻgʻri kelmoqda.

Bozor kapitallashuvining pasayishi kompaniya asoschisi Jek Maning 2020-yil oktyabr oyida Xitoyning moliyaviy siyosatini tanqid qilganidan keyin boshlandi, deb yozadi Bloomberg. Oʻshanda u doimiy monitoring Xitoyda innovatsiyalarni qanday boʻgʻib qoʻyishi haqida gapirgan edi.