Intellektual mulk agentligi tomonidan Margʻilon shahridagi tadbirkorlik subyekti “Boss” brendidan asl huquq egasi ruxsatisiz foydalanib kelingan holati aniqlandi.

Fargʻona viloyati intellektual mulkni himoya qilish markazi xodimlari savdo belgilaridan foydalanish qoidalari va savdo joylari nomlari buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzdilar.

“HUGO BOSS” Trade Mark Manаgement GmbH & Co.KG kompaniyasiga tegishli “BOSS” xizmat koʻrsatish belgisi savdo shahobchaning peshlavhasidan olib tashlandi.


Bundan tashqari, Jizzaxda Dior savdo belgisi joylashgan peshlavhali doʻkon topilgan. Uning egasiga ham mualliflik huquqi sabab bayonnoma tuzildi va belgi olib tashlandi.

Agentlik oʻz xabarida tadbirkorlar boshqalarning savdo belgilaridan faqat ularning ruxsati bilan foydalanishlari yoki oʻz savdo belgilaridan foydalanishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.

Avvalroq Spot Makro tovar belgisidan noqonuniy foydalanishga chek qoʻyilganligi haqida xabar bergan edi.