Xitoyning XPeng avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi uchadigan avtomobil prototipini namoyish etdi, deya xabar bermoqda TechCrunch nashri.

Avtomobil HT Aero deb nomlanadi, uni XPeng kompaniyasi ishlab chiqargan. U tashqi koʻrinishidan Xpeng P7 avtomobilini eslatadi: mashina uch eshik va ikki oʻrindiqli boʻlib, elektr dvigatel va parvoz parraklari bilan jihozlangan.

Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni tashkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50% ga yengil. Mashina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.

Xpeng ushbu avtomobilni 2024-yildan ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Uning narxi bir million yuan ($156,5 ming) atrofida boʻladi.

Avvalroq Spot bu turdagi uchar mashina sinovdan oʻtkazilganligi haqida yozgan edi.