Google kompaniyasi Jio Phone Next smartfonini namoyish etdi.
Jio Phone Next — Google va Hindistonning Reliance Jio kompaniyasi birgalikda ishlab chiqargan mahsulot.
Qurilma 720×1440 pikselli diagonali 5,5 dyuym boʻlgan HD+ ekran bilan jihozlangan. Unga toʻrt yadroli Snapdragon 215 protsessori, Adreno 306 grafik tezlatkichi va Android 11 Go operatsion tizimi oʻrnatilgan.
Smartfon 2 GB tezkor va 16 GB doimiy hamda 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega ikkita versiyada chiqariladi. Batareya sigʻimi 2500 mAs.
Jio Phone Next 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega.
Basic versiyasining narxi $66 va Advanced versiyasining narxi $93 ni tashkil etadi.