UZCARD Markaziy bank, IT-Park hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bilan hamkorlikda “HelloHosts” podkasterlar uchun biznes-inkubatorni ishga tushirmoqda.

Mazkur loyihaning maqsadi aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, yangi texnologiyalarning afzalliklari shuningdek, ular bilan bog‘liq xatarlar haqida foydalanuvchilar xabardorligini oshirishdir.

Saralashning asosiy mezoni quyidagi mavzularni yoritishdan iborat:

FinTech, banking, moliyaviy savodxonlik, startaplar, biznes, investitsiyalar, dasturlash, taʼlim va boshqalar.

Ishtirokchilar nimalarga ega bo‘ladilar:

  • professional media-studiyadan bepul foydalanish;
  • montajchi va ovoz rejissyorinning bepul xizmatlari;
  • podkastlarni yaratish bo‘yicha bepul individual trening;
  • ApplePodcast, GooglePodcast, YandexMusic, YouTube va Soundcloud kabi platformalarda o‘zining podkast-kanalini ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam;
  • o‘z podkast-kanali yordamida pul ishlab topish bo‘yicha mentorlik va ko‘mak ko‘rsatish;
  • podkastlarning tematik rejasini tuzishda yordam;
  • OAV da targ‘ibotni moliyalashtirish.

“HelloHosts” inkubatsiya dasturining davomiyligi 3−6 oyni tashkil etib, uning natijalariga ko‘ra tanlov o‘tkaziladi. G’oliblar qimmatbaho sovrin sifatida, o’z podkastlarini mustaqil davom ettirishlari uchun texnik-uskunalarga ega bo’ladilar.

Podkast-inkubatorining rezident-ishtirokchilarini saralash, tashkilotchilar tomonidan tanlov asosida o‘tkaziladi.

16 yoshdan katta bo’lgan barcha xohlovchilar loyihada ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Ishtirok etish uchun, 15- noyabrga qadar mazkur havola (http://hellohosts.uzcard.uz/) bo’ylab o’tib, g‘oyani batafsil mazmuni va kontent mohiyatini tasvirlab ariza yuborish zarur.