Tovuq — bu gʻayrioddiy parranda, har bir kishi undan tuxum va goʻsht orqali daromad olishi mumkin. Shu sababli ham uni yetti xazinaning biri, deyishadi. Bu yoʻnalishni boshlash uchun sizga chuqur bilim, maxsus texnika va katta pul kerak emas.
Spot ushbu maqolada parrandachilik biznesini tashkil etishga doir koʻrsatmalarni berib oʻtadi. Narxlar oʻrtacha hajmdagi fermer xoʻjaligini tashkil etishga moʻljallangan boʻlib, bozorning asl holatidan farq qilishi mumkin.
Xarajat va foyda
Zotli parrandalarga dastlabki sarmoyalar $450 boshlanadi. Mahsulotlarga barqaror talab bilan oylik foyda $280 tashkil qilishi mumkin. Sarf qilingan mablagʻlarni qoplash muddati 1,5 oyni tashkil etadi.
Boshlangʻich xarajatlar: Oʻrtacha taxminiy hisob-kitoblar
- Uskunalar — $150.
- Parrandalarni sotib olish — $200.
- Boshqa xarajatlar — $100.
Jami — 450 $.
Oylik xarajatlar
- Oziq-ovqat — $100.
- Vitaminli qoʻshimchalar — $30.
- Boshqa xarajatlar — $40.
- Transport xarajatlari — $40.
Jami: $210.
Hujjat ishlari
Uy uchastkasidagi kichik tovuqxona qonun boʻyicha shaxsiy yordamchi xoʻjalikka tegishli. Ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan siz biznesni roʻyxatdan oʻtkazishingiz kerak.
Xaridorga molingizni olib borishdan oldin laboratoriyada mahsulot sifatini tasdiqlovchi barcha kerakli ruxsatnomalar va hujjatlarni olishingiz talab etiladi.
Joy tanlash
Xususiy sektorda kichik tovuqxona qurish qiyin emas. Ehtimol, siz kerakli narsalar va parrandalarni joylashtiradigan alohida hududga ehtiyoj sezmassiz. Bu narsa uchun alohida joy tanlash kerak emas. Muhimi, xonada havo aylanish tizimi, kerakligicha yorugʻlik va qulay sharoit boʻlishi kerak.
Uskunalar
Uskunani tanlash siz qanday parranda bilan shugʻullanishni rejalashtirayotganingizga va naslli tovuqlariga eʼtibor berishni xohlayotganingizga bogʻliq. Umuman olganda, sizga quyidagilar kerak boʻladi:
- Qoʻndoq joylari, tuxumni inkubatsiya qilish uchun uyalar;
- Yem va suv idishlari;
- Tozalash buyumlari.
Agar siz joʻjalarni boqayotgan boʻlsangiz, sizga tovuq inkubatorlari va isitgichlari ham kerak boʻladi. Kichik tovuqxonani tashkil qilish $100−200 dan boshlanadi.
Yetkazib beruvchini qanday tanlash kerak
Tovuqlarni tayyor sotib olish pulni tejashning yaxshi usuli, chunki bu yerda baʼzi bir nyuanslar bor. Joʻjalar maxsus sharoit va eʼtiborga muhtoj, agar siz ularni toʻgʻri parvarishlay olmasangiz, zarar koʻrasiz. Shuningdek, notoʻgʻri jinsdagi tovuqlarni olish xavfi mavjud, keyin ularni koʻpaytirish haqida gap boʻlishi mumkin emas.
Tuxum qoʻyadigan tovuqlar don va duch kelgan ozuqani yeydi. Ammo vaznni oshirish uchun sizga vitaminli qoʻshimchalar kerak boʻladi. Bir parranda uchun oylik xarajat koʻplab omillarga, masalan: ularning soni, mavsum va sizning biznes rejalaringizga bogʻliq.
Xodimlar
Agar ferma kichik boʻlsa, unda siz yoki oilangiz parrandalarni parvarish qilish bilan shugʻullanishi mumkin. Agar tovuqxonangiz shaxsiy yordamchi xoʻjalikdan kichik parrandachilik fermasiga aylansa, xodimlar yollashingiz kerak boʻladi.
Oʻz biznesingizni qanday reklama qilish kerak
Agar siz shahar yaqinida yashasangiz, u yerda mijozlarni qidirish bir muncha osonroq. Shahar aholisi fermerning mahsulotini qadrlaydi.
Qulaylik sifatida mahsulotlarning ekologik tozaligiga eʼtibor berish lozim, shuningdek, narx masalasida boshlanishiga biroz arzonroq summani taklif etish kerak. Shundan soʻng tezda auditoriyaga ega boʻlinadi va doimiy mijozlarga orttiriladi (B2B).