Kichik turizm zonasi direksiyasi direktori lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazilmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi saytida xabar beriladi.
Lavozim nomi: Kichik turizm zonasi direksiyasi direktori
Lavozim darajasi: Rahbar
Faoliyat yuritish joyi: Urganch shahri
Ish vaqti: To‘liq stavka (09:00 dan 18:00 gacha)
Oylik maoshi: Shtat jadvali asosida, (ustamalar bor)
Eʼlon berilgan sana: 2021 yil 25 oktyabr
Eʼlon tugagan sana: 2021 yil 25 noyabr
Nomzodga qo‘yilgan talablar:
- kichik turizm zonasi hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar tayyorlash hamda ular ijrosini taʼminlash;
- kichik turizm zonasida zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatga ega boshqa obyektlar)ni barpo etish, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy dam olish zonalari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish;
- hududning ekomuhit imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish;
- obyekt infratuzilmasini rivojlantirish (yangi barpo etish), muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo‘llar, elektr tarmog‘i, ichimlik va oqova suv tizimi infratuzilmalarini yaxshilash, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
- hududda joylashgan yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish borasida zarur qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Malaka talablari
- Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan; (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi).
- Davlat tashkiloti va muassasalarida rahbar lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
- Davlat tilini mukammal bilishi hamda ingliz tili (IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, CEFR B2) yoki boshqa xorijiy nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon tillaridan kamida bittasini mukammal bilish va tegishli B2 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lishi shart.
Batafsil quyidagi havola orqali.