General Motors kompaniyasi Qo’shma Shtatlarda elektromobillar uchun 40 mingta zaryadlash stansiyasini quradi.

Bu haqda vc.ru nashri xabar beradi.

Hozircha General Motors elektromobillari egalari boshqa ishlab chiqaruvchilarning zaryadlash stansiyalaridan foydalanishadi.

Kompaniya shuningdek, Ultium Level 2 brendi ostida uy va biznes uchun o‘zining quvvatlantirish stansiyalarini sotishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya har bir dilerga 10 tagacha zaryadlash stansiyasini taqdim etadi, biroq barcha 40 ming qurilmalarni o‘rnatish uchun harajatlarni o‘zi to‘lamaydi. Buning o‘rniga GM hamkorlar bilan hamkorlikda mablag‘ to‘playdi.

Dastur GMning 2025- yilgacha avtomobillarni quvvatlantirish infratuzilmasiga qariyb 750 million dollar sarmoya kiritish rejasining bir qismidir.

Tesla yoki Volkswagendan farqli o’laroq, General Motors o’zining elektr transport vositalarini zaryad qilish tarmog’iga ega emas.

AQShda 100 000 dan ortiq savdo nuqtalariga ega 41 000 ga yaqin jamoat zaryadlash stansiyalari mavjud, biroq haydovchilar haqiqatda ishlaydigan stansiyani topishda qiynalmoqda deyiladi The Verge nashrida.