Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning sentyabr oyida Oʻzbekistonga xorijdan 57 ta elektromobil import qilingan.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2021-yilning avgust oyiga nisbatan 12 taga kam.
Shu bilan birga, Oʻzbekistonda sentyabr oyidagi elektromobillar xaridi uchun $1,3 mln sarflangan.
Avvalroq Spot Fargʻonada dastlabki elektromobillar joriy yilning dekabr oyida test rejimida ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.