“Uzbekistan Airways” 2021-yilning 3-noyabridan boshlab har chorshanba kunlari Kiyevga aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Noyabr oyining boshidan aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Mazkur yoʻnalish boʻyicha aviachiptalar narxi:
- bir tomonga — 2 203 229 soʻmdan (bagajsiz) va 2 539 315 soʻmdan (bagaj bilan);
- “bordi-keldi” aviachiptalar 4 149 045 soʻmdan (bagajsiz) va 4 771 427 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Xabarda aytilishicha, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali olingan aviachiptaga 3% li chegirma taqdim etiladi.
Avvalroq Spot “Toshkent — Xoʻjand — Toshkent” xalqaro avtobus yoʻnalishida muntazam qatnovlar qayta tiklanganligi haqida yozgan edi.