Messenjerning rasmiy reklama maydoni Telegram’da paydo bo‘ladi, dedi Pavel Durov o’zining telegram kanalida.
Uning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar bir necha sabablarga ko’ra katta farqni sezishmaydi:
- Telegram chatlar roʻyxati, shaxsiy suhbatlar yoki guruhlarda reklama xabarlarini koʻrsatmaydi. Reklama faqat katta kanallarga ta’sir qiladi.
- Shaxsiy ma’lumotlar reklamalarni ko’rsatish uchun ishlatilmaydi. Reklama xabarlarining mazmuni faqat ular ko’rsatiladigan kanallarning mavzulariga bog’liq bo’ladi.
- Telegram’dagi rasmiy reklama xabarlari ko‘zga tashlanmaydigan bo‘ladi: havolalar va fotosuratlarsiz qisqa matnlar.
Telegram yaratuvchisining taʼkidlashicha, messenjerning oʻz reklamasi hozirda kanallarda eʼlon qilinayotgan reklamadan koʻra foydalanuvchilar uchun samaraliroq va qulayroq boʻladi.