Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati $10,5 mln ga teng boʻlgan 558 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 476 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.
2021-yilning 9 oyida Oʻzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 499 ta;
- Turkiya — 24 ta;
- Litva — 13 ta;
- Germaniya — 8 ta;
- AQSh — 6 ta;
- Koreya — 5 ta;
- Ispaniya — 1 ta;
- Rossiya — 1 ta;
- Hongkong — 1 ta.
Avvalroq Spot sentyabr oyida elektromobillar xaridi uchun $1,3 mln sarflanganligi haqida yozgan edi.