AQShning eng yirik avtomobil kompaniyasi General Motors 3-chorak uchun moliyaviy hisobotni taqdim qildi.
Unga koʻra, kompaniyaning ushbu chorakdagi daromadi 40% ga qisqarib, $2,4 mlrd ni, tushumi esa 25% ga qisqarib, $26,8 mlrd ni tashkil qilgan.
Kompaniya aksiyalari hisobot eʼlon qilingandan keyin 5% ga arzonlashgan.
Boshqa avtomobilsozlik kompaniyalaridagi kabi bunday salbiy natijalarga hozirda dunyoda kuzatilayotgan mikrochiplar taqchilligi sabab hisoblanadi. GM-ning 3-chorakda avtomobil savdosi hajmi oʻtgan yilning ayni davriga nisbatan deyarli 1,5 marta kamroq boʻlgan.
Avvalroq Spot “Roodell” mashinalari narxi, elektromobillar va UzAuto monopoliyasi haqida kompaniya bosh direktori Doniyor Davletiyarov fikrlari haqida yozgan edi.