Shayxontohur tumanida joylashgan “Farovon” restorani auksionga qoʻyildi. Lot 2016-yilda qurilgan, yertoʻla, 2 qavat bino va 92 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 5545 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ega.


Lotning boshlangʻich narxi 42,75 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 27-noyabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 29-noyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.