UzAuto Motors Chevrolet Lacetti va Chevrolet Labo avtomobilini 2021- yilning oktabr-noyabr oylarida kutayotgan xaridorlariga murojaat qildi.
Kompaniya avtomobilni yetkazib berish boʻyicha ilgari tuzilgan shartnomaning 1.2 bandiga mos ravishda shartnomaga 3.1.1 bandni kiritishga majburligini ma’lum qiladi.
Boshqacha aytganda, “UzAuto Motors"ga bog’liq bo’lmagan holatlar tufayli, yarimo’tkazgichlardan (mikrochiplardan) tayyorlangan butlovchi qismlarning global taqchilligi sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qo’llashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan Chevrolet Lacetti hamda Labo avtomobillarining kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur.