Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) tomonidan “Inclusive FinTech Showcase” nomli moliyaviy ommaboplikni oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar uchun tanlov e’lon qildi.

Ushbu tanlov novatorlarga moliyaviy va tartibga solish texnologiyalar sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan bozorlardagi kam ta’minlangan aholi uchun rasmiy moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha ilg‘or yechimlarni taqdim qilish imkoniyatini beradi.

Ko‘rgazma quyidagi 3 toifadan kamida bittasi bo‘yicha yechimlarni taklif etuvchi innovatsion tashkilotlar uchun ochiq:

  1. COVID-19 inqiroziga samarali javob berish yoki maqsadli guruhlarni tiklashni qo‘llab-quvvatlovchi yechimlar (kichik va o‘rta biznes sub’ektlari/ yosh tadbirkorlar / qishloq aholisi / nogironlar)
  2. Raqamli to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha yechimlar (raqamli o‘tkazmalar / to‘lovlar, xalqaro to‘lovlar)
  3. Chidamlilikni oshirish bo‘yicha yechimlar (iqlim o‘zgarishiga moslashish va ta’sirlarini yumshatish / moliyaviy salomatlik / raqamli moliyaviy savodxonlik / tartibga solish va nazorat texnologiyalari — RegTech/SupTech)

Final bosqichi ishtirokchilariga 2022-yil mart oyining ikkinchi yarmida virtual taqdimot o‘tkazish uchun maxsus joy ajratiladi, so‘ngra MOA a’zolari bilan savol-javob sessiyasi o‘tkaziladi.

Final bosqichi ishtirokchilari, shuningdek, MOA hamkori, Lyuksemburg moliyaviy texnologiyalar uyi (LMTU) tomonidan taklif qilinadigan murabbiylik va malaka oshirish tadbirlarida ishtirok etish hamda MOAning Tinch okeani mintaqaviy tartibga solish qo‘mdoniga ariza berish uchun maxsus taklifnoma olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari barcha innovatsion yechimlar ayollarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va rasmiy moliyaviy xizmatlardan foydalanishda gender tafovutini kamaytirishga qaratilganligi bo‘yicha ham baholanadi.

Arizalar 2021-yil 17-dekabrgacha topshirilishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot, shuningdek ariza topshirish bo‘yicha ma’lumot MOAning veb-saytida mavjud.